
Futzal. Bugun ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi
Shu yilning 2-12 may kunlari Taylandda futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Unda 15ta mamlakat terma jamoalari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bugun Taylandda mahalliy vaqt bilan soat 15:00da ayollar o‘rtasidagi futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Terma jamoalar quydiga savatchalarga bo‘lingan:
1-savatcha: Tayland (mezbon), Eron, Yaponiya, Malayziya
2-savatcha: Xitoy, Gonkong, O‘zbekiston, Vetnam
3-savatcha: Bahrayn, Xitoy Taypeyi, Livan, Makao, Turkmaniston, Bangladesh, Indoneziya.
Fikrlar