
Futzal. Bugun barcha sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi
Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi 3-o‘rin uchun o‘yini doirasida maydonga tushadi. Unda jamoamizga Tailand terma jamoasi raqiblik qiladi.
Bellashuv 19:00 da start oladi. O‘yinni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, final Yaponiya va Eron terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu bahs ham bugun o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Final 22:00 dan boshlab start oladi.
Fikrlar