
Futzal. Bugun BMB va OKMK O‘zbekiston Superkubogi uchun kuch sinashadi (foto)
Bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da BMB va OKMK futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun kurash olib boradi. Uchrashuvga Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2022/23 yilgi mavsumda BMB oltin dubl qayd etib, ham mamlakat chempionligi, ham uning kubogini qo‘lga kiritgandi. OKMK esa mavsumni kumush medallar bilan yakunlagan jamoa sifatida Superkubok uchun o‘yinda ishtirok etadi.
Shuningdek, o‘yin oldidan ikki jamoa bosh murabbiylari o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Nodir Eliboev: "OKMKga qarshi bahslar doim qiyin kechgan. Bu safar ham mustasno bo‘lmasligi aniq. Bizni kurashlarga boy uchrashuv kutib turibdi".
Aleksandr Petrov: "Jamoa o‘zagini saqlab qoldik va ikki nafar futzalchini o‘z safimizga qo‘shib oldik. Raqib safida MTJ a’zolari va braziliyalik kuchli legionerlar to‘p tepadi.
Ushbu uchrashuvga tashrif buyuruvchi muxlislar futzaldan zavq olishadi".
O‘zaro uchrashuvlarda BMB yaqqol ustunlikka ega. Jamoa 4 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan. To‘plar farqi 16:9, BMB foydasiga.
Fikrlar