
Futzal chempionati Superkubok o‘yini bilan ochib beriladi
Joriy yilning 29 avgust kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yinda BMB hamda OKMK jamoalari saf tortadi. Bellashuvga "Yunusobod" sport majmuasi mezbonlik qiladi.
2022/23-yilgi mavsumda BMB oltin dubl qayd etib, ham mamlakat chempionligi, ham uning kubogini qo‘lga kiritgandi. OKMK esa mavsumni kumush medallar bilan yakunlagan jamoa sifatida Superkubok uchun o‘yinda ishtirok etadi.
Barchangizni "Yunusobod" sport majmuasida kutib qolamiz!
Fikrlar