Futzal Osiyo kubogi. "D" guruhida ikki jamoa keyingi bosqich masalasini hal qildi

  • 30.01.2026 17:27
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Indoneziyada o‘tkazilayotgan qit’a birinchiligida 2-tur bahslari davom etmoqda. Dastlab, Eron terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi parketga chiqdi. Uchrashuvda katta qiyinchilikka duch kelgan forslar, yakunda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib keyingi bosqich masalasini hal qildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Afg‘oniston vakillari Malayziya terma jamoasini yirik 7:0 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, Afg‘oniston va Eron keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qildi. So‘nggi turda ikki jamoa guruh g‘olibligi uchun bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!