
Futzal. Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan guruh bilan tanishing (foto)
Sal avval 2022 yil Quvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhidan joy oldi.
Ushbu guruhda hamyurtlarimizga Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, guruh bosqich bahslari Quvaytda o‘tkaziladi.
Musobaqani 27 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Fikrlar