Asosiy mazmunga oʻtish

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Braziliya bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Uchrashuvlar sentyabrda bo‘lib o‘tadi

Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Braziliya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bellashuvlar 6-8-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ayni damda Braziliya FIFA reytingida etakchilik qilmoqda. O‘zbekiston esa 1288,96 ochko jamg‘argan holda, 11-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Venansio shogirdlari Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q