
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Marokashga qarshi bahs olib boradi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7 va 8 noyabr kunlari Marokash termasi bilan kuch sinashadi. Bu haqda taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘yinlar Marokashda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz yaqinda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Marokash ayni payt jahon reytingida 8-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar