
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi uchun taqvimi ma’lum
O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynda Osiyo kubogi doirasida Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘zPFL matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoamiz 27 sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs 21:00 da start oladi.
2 kundan so‘ng 17:00 da vakillarimiz Tojikiston termasini sinovdan o‘tkazadi. 1 oktyabr kuni soat 21:00 da futzalchilarimiz Bahrayn terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazadi.
Marhamat, quyida terma jamoamizning taqvimi bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar