
Futzalchilarimiz 10-18 dekabr kunlari Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazadi
Bahodir Ahmedov qo‘l ostidagi futzal terma jamoasi Toshkent shahrida 10-18 dekabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boradi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Murabbiylar shtabi “O‘zbekiston” sport majmuasida tashkil etiladigan mazkur mashg‘ulotlarga 18 nafar futzalchini jalb etdi.
Ma’lumot o‘rnida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 23 martdan 3 aprelga qadar Kuvayt mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichida futzalchilarimiz Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Ushbu chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:
№ | Ism-familiya | Amplua | Klub |
1. | Elmuradov Abbos | Darvozabon | “Xuasin” |
2. | Eliboev Ravshan | Darvozabon | “Paxtakor” |
3. | Umarov Rustam | Darvozabon | AGMK |
4. | Ropiev Ixtiyor | Himoyachi | AGMK |
5. | Erkinov Xushnur | Himoyachi | Metallurg |
6. | Adilov Mashrab | Himoyachi | “Paxtakor” |
7. | Raxmatov Anas | Himoyachi | AGMK |
8. | Abduvaliev Avazbek | Himoyachi | “Paxtakor” |
9. | Xamroev Ilxom | Himoyachi | AGMK |
10. | Nishonov Xusniddin | Himoyachi | AGMK |
11. | Solixov Abdulla | Himoyachi | AGMK |
12. | Raxmatov Dilshod | Hujumchi | “Xuasin” |
13. | Choriev Davron | Hujumchi | AGMK |
14. | Usmonov Akbar | Hujumchi | “Paxtakor” |
15. | Jo‘raev Sunnat | Hujumchi | “Paxtakor” |
16. | To‘lqinov Elbek | Hujumchi | “Maksam Chirchiq” |
17. | Shavkatov Dilmurod | Hujumchi | “Paxtakor” |
18. | Ibragimov Davlat | Hujumchi | “Xuasin” |
Fikrlar