
Fuzaylov O‘zbekistonga qaytmoqchi...
Bu yil Tojikiston chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan “Xo‘jand” klubi bosh murabbiysiz qolishi mumkin.
Ma’lumki, mavsumning ikkinchi yarmida jamoa boshqaruviga taniqli mutaxassis Hakim Fuzaylov tayinlangandi. Biroq hozirgi vaziyatga kelib voqealar rivoji o‘zgaradigandek bo‘lib turibdi. Boisi, klubda moliyaviy tomondan muammolar bor.
Hakim Qayumovich esa keyingi rejalari sifatida O‘zbekistonga qaytish niyatida ekanligini yashirmadi. O‘z vaqtida u “Buxoro”, “Dinamo”, “Andijon”, “Lokomotiv” singari jamoalarimizga ustozlik qilganini ishqibozlar yaxshi eslashsa kerak.
Mutaxassis sports.uz muxbiriga O‘zbekistonda murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchiligini aytgan bo‘lsa-da, lekin qaysi klub bilan muzokaralarga kirishganini ochiqlagani yo‘q.
Fikrlar