
Gabbiya "Milan" bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Milan" markaziy himoyachisi Matteo Gabbiya klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin, ya’ni 2029 yilning iyuniga qadar.
"Gabbiya ham "Milan" bilan yangi shartnoma imzolashdan juda xursand bo‘ladi, ammo biz buni hali muhokama qilganimiz yo‘q", - dedi futbolchining agenti.
24 yoshli Gabbiya "Milan" tarbiyalanuvchisi hisroblanadi. U joriy mavsum "rossonerilar" tarkibida jami oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Italiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt himoyachining narxini 8 million evroga baholamoqda.
Fikrlar