Gabriyel Magalyas rekordga yaqinlashmoqda
Braziliya terma jamoasi va "Arsenal" himoyachisi Gabriyel Magalyaes gol urish bo‘yicha rekord tomon ketmoqda.
Gap shundaki, braziliyalik markaziy himoyachi APLning 20-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda gol urib hisobni tenglashtirgan edi. Keyinchalik Deklan Raysning dubli "kanonirlar"ga muhim g‘alabani keltirdi. Ushbu gol Gabriyel uchun "to‘pchilar" tarkibida APL doirasidagi 20-gol bo‘ldi. Bu "Arsenal" himoyachilari orasida ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. 28 yoshli futbolchi fransiyalik Loran Koselning rekordini yangilashi uchun yana 3 ta gol urishi talab qilinadi. Gabriyel londonliklar safida 2020 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar