
gagarin kubogi. "baris" musobaqa tarixiga kirdi
Yaxshi bilasiz, chempionatning bu bosqichi Gagarin kubogi deb ataladi va pley-off g‘oliblari o‘zaro bo‘lib o‘tadigan seriya uchrashuvlariga bog‘liq.
Astana shahrining "Baris" klubi kecha Nijniy Novgorod shahrining "Torpedo" klubiga qarshi bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvning 29-daqiqasiga qadar "Torpedo" xokkeychilari 4:0 hisobida oldinda borayotgan edilar. Ammo keyinchalik qozog‘istonliklar o‘zlarida iroda topa olishdi va yakunda overtaymda kiritilgan gol evaziga 5:4 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
Qayd etish joiz, bunga qadar KXL tarixida faqatgina "Traktor" 4 ta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘la turib, kambek qayd etgan edi xolos. Shu tariqa "Baris" bu borada ikkinchi jamoaga aylandi.
Fikrlar