“Galatasaray” futbolchisi “Bavariya”ga o‘tishi mumkin
"Galatasaray" hujumchisi Viktor Osimxenning xizmatlari "Bavariya"ga taklif etilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqida jurnalist Filipp Kessler xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham faoliyatini nemis klubida davom ettirishni istamoqda. Biroq myunxenliklar rahbari Osimxenni faqatgina Garri Keyn mavsum yakunida jamoani tark etgan taqdirdagina transferga rozilik berishini aytgan.
27 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 75 million yevroni tashkil etadi. Uning istanbulliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Viktor joriy mavsum Turkiya klubi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 12 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar