"Galatasaroy" - "Bavariya": Nemislar qanday qilib g‘alabani ilib ketdi?

  • 25 oktabr, 2023, 07:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining 3-tur bahslari start oldi. Mazkur turni boshlab beruvchi uchrashuv "Galatasaroy" va "Bavariya" o‘rtasida o‘tkazildi. Ancha qiziqarli o‘tgan o‘yinda myunxenliklar ishonchli 1:3 hisobida zafar quchib, guruhda 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ammo bu uchrashuvda Tuxel shogirdlari mag‘lubiyatga uchrashi ham mumkin edi. 

Tecno

O‘yinga tanlangan tarkiblar: 

photo_2023-10-25_04-54-00photo_2023-10-25_04-53-55

Boshlang‘ich tarkiblarga e’tibor bersak, mezbonlar himoyaviy emas, balki hujumkor tarkib bilan o‘yinni boshlaganiga guvoh bo‘lamiz. Ikki qanot vingeri, hujumkor yarim himoyachi va markaziy hujumchi. "Bavariya"da ham xuddi shunday. Ajoyib trio va oldinda Xarri Keyn. Uchrashuv myunxenliklar uchun biroz kutilmagan holat bilan boshlandi. "Sherlar"ning yuqori pressingda harakat qilishi va muxlislarning shovqini mehmonlarga syurpriz bo‘ldi. Buruk shogirdlari asosan o‘ng qanotda faol bo‘lishdi. Boe, Aktyurkoglu va Tetening bosim qilishidan Devis bir necha marta xato qilishga majbur bo‘lib, to‘pni yo‘qotdi. 

photo_2023-10-25_04-58-50photo_2023-10-25_04-58-47

Ammo hisobni "Bavariya" ochishga muvaffaq bo‘ldi. Maydon markazida Musiala to‘pni egallab oldi va chap qanotdagi Sanega uzatdi. Bu vaqtda esa Boe pressingda ishtirok etish uchun hujumda yurgandi. Futbolchi ortga qaytishga ulgurdi, lekin endi kech edi. Leroy esa bemalol to‘pni qabul qilib olib, narigi qanotdagi Komanga uzatdi va hisob ochildi. Bu orada 20 yoshli Karatas ham xato qilishga ulgurdi. 

photo_2023-10-25_05-06-53photo_2023-10-25_05-06-50

Shundan so‘ng "Galatasaroy" yanada hujumkorroq bo‘lishga harakat qildi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Aktyurkogluda juda yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. Ammo Ulrix ajoyib seyvi bilan jamoasini qutqarib qoldi.

photo_2023-10-25_05-11-20photo_2023-10-25_05-11-22

Tuxel hamkasbining rejasini buzish uchun harakat qilishni boshladi. Laymer qiynalayotgan Devisga yordamga o‘tdi. Uning o‘rnini esa Sane to‘ldirib turishga harakat qildi. 

photo_2023-10-25_05-14-49photo_2023-10-25_05-14-52

"Galatasaroy" esa pressing qilishdan to‘xtamadi. Natijada bir necha bor "Bavariya" futbolchilari himoyada to‘pni yo‘qotib qo‘ydi. Ammo vaziyatlarni yakunlashda mezbonlar oqsayotgandi. 

photo_2023-10-25_05-16-13photo_2023-10-25_05-19-08

O‘yinning 29-daqiqasiga kelib, referi Ulrix darvozasi tomon penalti belgiladi. Ikardiga nisbatan qoida buzilganidan keyin 11 metrlik jarima zarbasi ishlab olindi. Argentinalik hujumchi panenka uslubida chiroyli gol urib, jamoasiga ishonchni qaytardi. Ketma-ket hujumlar bilan uchrashuv davom etdi. "Nemis mashinasi"ning o‘z jarima maydonchasiga qamalib qolganini har doim ham ko‘ravermaymiz. Eng qizig‘i, Tuxel o‘yin davomida bunga hech qanday echim topa olmayotgandi. Unga tanaffus juda ham zarur edi. 

Imagephoto_2023-10-25_05-25-19photo_2023-10-25_05-24-12

Birinchi taymdagi statistikalar: "Galatasaroy" 2 ta golli vaziyat yaratdi, 16 marta zarba berdi. Shulardan 4 tasi darvozaga aniq borgan. "Bavariya" 0.42 ta golli vaziyat yaratdi, 3 ta zarba bergan bo‘lsa, 2 tasi aniq. Dastlabki taymdan keyin mezbonlar g‘alabaga yaqinlashib kelayotgandek ko‘rindi. Zarbalardan tashqari to‘p nazoratini ham qo‘lga olgandi. Ha, "Bavariya" ikkinchi raqamli bo‘lib harakatlandi va minimal imkoniyatlardan maksimal foydalandi.

Ikkinchi taym boshi ham birinchisinidan qolishmasdi. Tuxel hech nimani o‘zgartirgani yo‘q. Jamoa ikkinchi raqamli bo‘lib o‘ynashni davom ettirmoqda. Buruk esa Teteni maydondan olishga qaror qildi. Uning o‘rniga Mertens tushirilib markazroqqa joylashtirildi. Tetening o‘rnini Zaxa eggaladi. Chap qanotda hech nimani qoyillatmagan ingliz o‘ng qanotga o‘tib ham faollashmadi. Bundan esa Devis xursand bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Asta-sekin to‘p nazorati "Bavariya"ga o‘tib bordi. Bir taym yuqori pressing qilgan "Galatasaroy" futbolchilari charchab qolgani sezildi va nemislar 2-golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu safar yana o‘sha 20 yoshli Karatasning qanotidan Koman, Mazraui va Musiala ishtirokidagi hujumni Keyn yakunlab qo‘ydi. 

photo_2023-10-25_04-16-44photo_2023-10-25_04-16-45Image

2-goldan keyin "Galatasaroy" futbolchilarida ishtiyoq ham tushib bordi. Zaxiradan qo‘shilganlar esa o‘yinni kuchaytira olmadi va 3-gol ham uzoq kuttirgani yo‘q. Keynning uzatmasidan so‘ng Musiala Muslera darvozasini ishg‘ol qilib, nuqtani qo‘ydi. 

Image

Bu uchrashuvda "Galatasaroy"ga zaif himoya va kuchning hammasi bir taymda sarflab yuborilgani pand berdi. Shu bilan birga, vaqtida hujumlarni yakunlay olmagan vaziyatlari ham ko‘p bo‘ldi. O‘zgarishlarni-ku aytmasa ham bo‘ladi. Ziesh, Ndombele, Mertens, Yilmas va Anxelinolar o‘yin tempiga tushib keta olmadi. "Bavariya"ga qarshi yaxshigina tajribaga ega bo‘lgan Anxelinoni zaxirada qoldirib, Karatasga bunday muhim bahsda imkon berilishi ham qiziq bo‘ldi.

"Galatasaroy" - "Bavariya": "A" guruhi - UEFA Chempionlar Ligasi 2023/24

Tuxelga ham bu o‘yindan keyin savollar ko‘paygani aniq. Natija yaxshi, lekin bunday o‘yin bilan qaergacha etib borish mumkin? "Galatasaroy"dan 20 talab zarba qabul qilib olayotgan jamoa "Manchester Siti", "Real"larga qarshilik ko‘rsata olarmikan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!