"Galatasaroy" Grizmannga taklif tayyorlamoqda
"Galatasaroy" "Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmanni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
"Fanatik" nashri xabar berishicha, Turkiya klubi frantsiyalik hujumchiga 2+1 ko‘rinishida taklif tayyorlamoqda. Antuanning "matraschilar" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Shu sababli, uni faqatgina sotib olish mumkin.

"Galatasaroy" agarda futbolchi bilan kelishuvga erishsa, "Atletiko"ga taklif bilan chiqishni ko‘rib chiqmoqda.
Grizmann 2014 yildan beri "Atletiko"da to‘p surib keladi. Orada 2 yil "Barselona"da harakat qilib, yana Madrid klubiga qaytdi. U mazkur mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar