"Galatasaroy" ispaniyalik himoyachi bilan kelishib oldi
Yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish uchun jiddiy harakat qilayotgan "Galatasaroy"ning radariga "Leyptsig" vakili Anxelino tushgan. "Sherlar" himoyachi bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, ispaniyalik futbolchi faqat Turkiyaga yo‘l olishni istaydi. Unga boshqa ligalardan ham qiziqishlar mavjud.
Anxelino yakuniga etgan mavsumda "Xoffenxaym" tarkibida ijarada o‘tkazdi. Uning nemis klubi bilan tuzilgan shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
"Galatasroy" 26 yoshli fulbekdan tashqari, Paredes va Ikardi kabi futbolchilarni sotib olishni istaydi. Shuningdek, Shomurodov ham faoliyatini ushbu jamoada davom ettirishi mumkin.
Fikrlar