"Galatasaroy" "Monako" futbolchisini 3-marta ijaraga oldi

  • 26.01.2021 13:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Galatasaroy" o‘zining rasmiy saytida "Monako" vingeri Genri Onekuruni tarkibga qo‘shib olganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, turk klubi 23 yoshli nigeriyalik futbolchini 650 ming evro evaziga mavsum oxirigacha ijaraga olgan. E’tiborlisi, istanbulliklar Genrini naqd 3-marta ijaraga olmoqda.

Onekuru joriy mavsum Frantsiya chempionatida bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!