Gamshik: “Napoli” “Real” bilan o‘ynashdan qo‘rqmaydi
Italiyaning “Napoli” klubi etakchisi Marek Gamshik UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finaliga tashlangan qur’adan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Napoli” xatto “Real”dek jamoaga qarshi o‘ynashdan qo‘rqmaydi. Biz har qanday raqibni mag‘lub etishga qodirmiz”, - deydi Gamshik UEFA matbuot hizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bugungi qur’a natijasida 1/8 finalda "Napoli" musobaqaning amaldagi chempioni "Real" bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.



Fikrlar