
Gandbol bo‘yicha "Mustaqillik kubogi" boshlandi
Poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida gandbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” start oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Unda poytaxtimizdan tashqari Xorazm, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qozog‘istondan 8 jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Bugun birinchi kun bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Ayollar o‘rtasida tashkil etilayotgan mazkur musobaqa 11 sentyabrga qadar davom etadi. Turnir murabbiylar shtabiga noyabr-dekabr oylarida Koreyada o‘tadigan Osiyo chempionati uchun terma jamoa tarkibini saralab olishga imkon beradi.
Fikrlar