Gap faqat Alonsoda emas! “Real”dagi muammo sababchilari nomi aytildi

  • 02.12.2025 14:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘olib uchun kurashayotgan “Real” keyingi paytda muammolar girdobiga tushib qoldi. Jamoa orasida yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoning ish uslubiga qarshi chiqayotgan o‘yinchilar bor.

Jamoa ichki muhiti buzilgani va o‘yinchilar o‘rtasida bo‘linish yuzaga kelgani haqida ko‘p ma’lumotlar chiqyapti.

Nufuzli manbalardan hisoblangan  The Athletic nashri ekspertlari muammoning asl mohiyatini ochib berdi.

- Gap Xabi Alonsoda emas. Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingem birgalikda samarali o‘ynay olmaydi. Bunaqa vaziyatda tarkibni boshqarish va muvozanatni ushlash deyarli imkonsiz, - deydi nomini ochiqlashni istamagan ekspetlardan biri.

Mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan “Real”ning o‘yini va natijalarida keskin pasayish kuzatila boshladi. Jamoa barcha turnirlardagi oxirgi beshta uchrashuvdan faqat bittasida g‘alaba qozondi. Murabbiylar shtabi uchun vaziyatni o‘nglash oson bo‘lmasligi aytilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!