
Garbin Mugurus endi Elina Svitolina bilan o‘ynaydi
Ispaniyalik Garbin Mugurus, shvetsiyalik Yoxanna Larsson bilan "Rolan Garros" musobaqasining ikkinchi bosqichida raqobatlashdi.
Frantsiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilayotgan mazkur turnirning ushbu uchrashuvi 6:4, 6:1 hisobida Garbin foydasiga yakunlandi.
Shu tariqa "French Open"ning ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tgan Mugurusa, endi uchinchi bosqichda ukrainalik Elina Svitolina bilan kuch sinashadi.
Fikrlar