Garnachoning kelajagi bo‘yicha so‘nggi qaror qabul qilindi!

  • 25 may, 15:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" mutaxassisi Ruben Amorim Evropa ligasi finalida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng argentinalik vinger Alexandro Garnacho bergan intervyudan g‘azablandi. 

Insayder Devid Ornshteynning ma’lum qilishicha, murabbiy futbolchilariga keyingi mavsumda ham jamoada bosh murabbiy sifatida qolishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Alexandro Garnachoga o‘ziga yangi jamoa izlashi mumkinligini aytdi. Mankunyaliklar ustozi futbolchidan qattiq jaxli chiqqan va uni keyingi mavsum jamoasi rejalaridan chiqarib tashladi.

Eslatib o‘tamiz, finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng Garnacho murabbiyni tanqid qildi. U Amorim tomonidan unga atigi 20 daqiqa berilganidan norozi bo‘lganini yashirib o‘tirmadi. Bir qancha futbol ekspertlari ushbu intervyuni keskin tanqid qildi. MYu rahbariyati ham futbolchini ushbu yozda sotishga tayyor. Hozirga qadar futbolchiga "Chelsi" hamda, "Napoli" klublari jiddiy qiziqish bildirgan. "Kizil iblislar" futbolchi uchun kamida 60-70 million evro atrofida pul talab kiladi.

Hujumchi joriy mavsumda 58 ta bahsda maydonga tushib, 11 gol va 10 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.


 

Asqarbek G‘ofurov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!