Garsiya "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi

  • 04.12.2025 11:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirish bo‘ycha ishlamoqda. Rahbariyat himoyachi bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘lgan, kelasi haftada buni e’lon qilinishi kutilmoqda. 

Fabritsio Romanoga ko‘ra, yangi bitim 5 yillik bo‘ladi. PSJ yaqindagina holatni o‘rganmoqchi bo‘ldi, lekin Garsiya "Barselona"da qolishni tanlab bo‘lgandi. Shuningdek, o‘tgan mavsumda "Barselona" futbolchi bo‘yicha "Komo" bilan 8-9 million evrolik kelishuvga erishib bo‘lgandi. Ammo Xans-Diter Flik so‘nggi daqiqalarda transferni barbod qilib, Erikni olib qolgandi. 

FC Barcelona v Paris Saint-Germain - UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD2

Garsiyaning yangi shartnomaga qo‘l qo‘yishini Deku ham tasdiqladi: "Faqatgina so‘nggi detallar qoldi... Ammo Erik aniq yangi shartnoma imzolaydi". 

24 yoshli ispaniyalik himoyachi 2021 yili "Manchester Siti"ni tark etib, erkin agent sifatida "Barselona" safiga kelib qo‘shilgandi. Shundan keyin u bir mavsumni "Jirona"da ham o‘tkazgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!