Gasperini: "Eng yomon xabar — Dibalaning jarohati"

  • 03.11.2025 12:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Italiya A Seriyasining 10-turida "Milan"dan (0:1) uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Odamlar har qanday holatda nimadir noto‘g‘ri ketdi, deb izlaydilar. Lekin men uchun eng muhimi — nimalar yaxshi ish berganini ko‘rish. Bizga faqat bir necha santimetr etishmadi.

Biz juda ko‘p imkoniyatlar yaratdik — men aynan shunday yondashuvni saqlab qolmoqchiman. Shunday o‘yinlardan keyin qo‘ling bo‘sh qolsa, bu nafaqat afsus, balki to‘g‘ri yo‘lda ekaningni ko‘rsatadi.

Eng yomon holat — penalti epizodidagi Dibalaning jarohati. U qancha vaqtga safdan chiqqani noma’lum, lekin noyabrdagi terma jamoalar tanaffusigacha maydonga qaytmaydi. Hozircha bu biz uchun eng katta yo‘qotish", — dedi Gasperini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!