
Gattuzo 2012 yilda "Boka Xuniors"ga o‘tishi mumkin edi. Ammo...
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo 2012 yilda "Boka Xuniors"ga o‘tishga juda yaqin kelganini aytdi.
“Men “Boka”ni hamisha hurmat qilaman. Men ularga qarshi o‘ynaganimdan va qit’alararo kubokni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Bundan tashqari biz Germaniyada ham o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazganmiz.
2012 yilda “Boka”ga o‘tishim mumkin edi, ammo o‘shanda xotinim bunga qarshi chiqqan. U paytda bolalarimiz juda kichkina edi va shu bois vaziyat Argentinaga ketishga imkon bermagan”, - deydi Gattuzo.
Fikrlar