Gattuzo "Napoli" rahbariyatidan sobiq shogirdini jamoaga olib kelishni so‘ramoqda

  • 25.12.2019 16:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoa rahbariyatiga transfer masalasida murojat qildi.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda Gattuzo o‘z jamoasida "Milan"dagi sobiq shogirdi Rikardo Rodrigesni ko‘rmoqchi.

Aytish kerakki, 27 yoshli shveytsariyalik himoyachi uchun shuningdek "Fenerbaxche" ham jiddiy kurash olib bormoqda. Shu bois Gattuzo neapolliklar rahbariyatidan ushbu transferni tezroq amalga oshirishni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Rodrigech “Milan” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum “rossonerilar” safida 5 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!