
Gattuzo "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng: "Real"ni mag‘lub etish mumkinmi? Ochig‘i, bilmayman"
"Valensiya" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Real"ga qarshi Ispaniya superkubogi o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men jamoam va ularning o‘yinidan faxrlanaman. Biz xarakter ko‘rsata oldik.
Xuddi shu ruxda davom etishimiz kerak. Bizda yosh va ayni paytda iste’dodlarga to‘la jamoa bor. Ajoyib raqibga qarshi 120 daqiqa munosib qarshilik ko‘rsatdik.
"Real"ni mag‘lub etish mumkinmi? Ochig‘i, bilmayman. Biz ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqib kabi qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgandik", - dedi mutaxassis.
Fikrlar