Gattuzo yana A Seriyaga qaytishi mumkin

  • 17 mart, 2022, 14:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bolonya" tez orada bosh murabbiyini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi nashrning yozishicha, klub bu lavozimga Jennaro Gattuzoni taklif qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Qayd etish lozimki, 2019 yilning yanvar oyidan buyon “Bolonya”ni serbiyalik murabbiy Sinisha Mixaylovich boshqarib kelmoqda.

Gattuzo esa iyun oyidan beri ishsiz yuribdi. U o‘tgan yilning yozida "Fiorentina" bilan shartnoma imzolagan edi, biroq oradan 3 hafta o‘tib u o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqdi.

Ma’lumot uchun, “Bolonya” 28 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!