
Gattuzo "Yuve"ni mag‘lub etganidan so‘ng nimalar dedi?
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya A Seriya 21-tur doirasida "Yuventus" bilan bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z firklarini bildirib o‘tdi.
"Bugun uyga borib "Fiorentina"ga uchralgan mag‘lubiyat haqida o‘ylashda davom etaman. U biz uchun shunchaki daxshatli o‘yin bo‘lgandi. Biz ikkita kuchli klubni mag‘lub etdik, ammo muammolarimiz etarli, oldinda esa uzoq yo‘l.
Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, mana shunday ruh bilan davom etishimiz va bor e’tiborimizni faqat "Napoli"ga qaratishimiz kerak", - deydi Gattuzo.
Fikrlar