Gattuzoga La Liganing mashhur jamoasidan taklif bo‘lmoqda

  • 01.06.2022 13:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik mashhur mutaxassis Jennaro Gattuzo faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 44 yoshli murabbiyga "Valensiya" jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Ko‘rshapalaklar” Gattuzoga “2+1” ko‘rinishida shartnoma taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gattuzoning so‘nggi ish joyi “Fiorentina” klubi bo‘lgan edi. U ushbu jamoani 2021 yilning may oyida qabul qilib olgan va oradan 1 oy o‘tgach rahbariyat bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab jamoani tark etgan.

"Valensiya" yakunlangan mavsum La Ligani 9-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!