Gavi «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishi mumkin
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi o‘yin amaliyoti kamaygani sababli yaqin oylarda «PSJ»ga o‘tishi mumkin.
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi jamoada yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayapti. Jarohatidan tiklanganiidan keyin futbolchi hali oʻzining eng yaxshi formasini tiklay olmadi.
El Nacional nashrining Gazeta.Ru tomonidan keltirilgan xabariga koʻra, Gavi yaqin kelajakda «PSJ»ga oʻtishi mumkin. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrique ispaniyalik futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi va uni jamoasida koʻrishga qiziqmoqda.
«Barselona» yarim himoyasidagi yuqori raqobatni hisobga olganda, boshqa klubga oʻtish Gavi uchun maqbul variant boʻlishi mumkin.
«Agar “PSJ”ning taklifi ishonchli sport loyihasi bilan mustahkamlansa, u jozibali koʻrinishi mumkin», — deyiladi El Nacional nashri xabarida.
Qayd etish joiz, «PSJ» 22 yoshli Gaviga qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Izohlar (0)