Gavi: “ Biz endi seshanba kuni kamek qilishga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”
Gavi "Espanʹol" ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Derbi yana bir bor bizda qoldi. Biz endi seshanba kuni kamek qilishga tayyorgarlik koʻrishimiz kerak. Shubhasiz biz "Atletiko"ga qarshi bor kuchimizni ishga solamiz,"- dedi ispaniyalik yarim himoyachi.
Maʼlumot uchun, Flik shogirdlari La Liganing 31-turida "Espanʹol" ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Ushbu gʻalabadan soʻng Kataloniya klubi turnir jadvalidа yaqin taʼqibchisi boʻlgan "Real" bilan farqni toʻqqiz ochkoga yetkazib qoʻydi.

Fikrlar