Gavi Vinisius bilan bo‘lgan mojaro haqida fikr bildirdi
“Barselona” yarim himoyasiga taʼkidlashicha, braziliyalik futbolchi butun uchrashuv davomida faol tarzda bahslashgan va huddi “Real” oʻyin taqdirini oʻzgartirishi haqida gapirgan
Gavining aytishicha, final hushtagidan keyin u raqibiga tablodagi hisobni eslab oʻtishni lozim topgan. Shuningdek, futbolchi Vinisiusga keskin tarzda murojaat qilganini ham yashirmadi.
"Men unga ogʻzingni yop dedim. Xolos", — dedi Gavi.
Maʼlumot uchun, mazkur uchrashuvda kataloniyaliklar "Real Madrid"ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Gollarga Markus Reşford va Ferran Torres mualliflik qildi. Bu gʻalaba jamoaga La Liga chempionligini muddatidan avval rasmiy taminlab berdi.

Fikrlar