Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Genri Sexudo: "Islom Maxachevning karerasidagi qarorlariga birgina inson ta’sir qila oladi"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

UFC jangchisi Genri Sexudo Islom Maxachev haqida gapirdi.

UFC jangchisi Genri Sexudo promoushen yulduzlari Islom Maxachev va Xabib Nurmagomedov haqida gapirdi.

“Habib hozir otasining rolini o‘ynayapti. Bu haqda Ali Abdel-Aziz bilan gaplashgandik, u: “Agar Abdulmanap tirik bo‘lganda edi, Xabib nafaqaga chiqmasdi. Bu 100% aniq, u otasining aytganini qilgan bo‘lardi", deya ta’kidladi.  

Bu gaplarda jon bor. Hatto Maxachev ham Xabibning ko‘rsatmalariga amal qiladi. Shu sababli, Islomning karerasidagi qarorlari o‘ziga emas, balki Xabib Nurmagomedovga bog‘liq" - dedi Sexudo You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev oxirgi jangida Renato Moykanoni 1-raundda sabmishn orqali mag‘lub etgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q