
Germaniya bosh murabbiyi jarohat olgan o‘yinchilar va yapon futboli haqida gapirdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jahon chempionati guruh bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Men yapon futbolining ashaddiy muxlisiman. Kamada ajoyib mavsum o‘tkazmoqda, Endo esa Bundesliganing eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. Bu biz uchun katta sinov bo‘ladi, lekin yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz.
Yana nima deyishim mumkin, Manuel Noyer Yaponiyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi. Afsus, bu bellashuvda Leroy Sane ishtirok eta olmaydi. U o‘zining fazilatlari bilan o‘yin taqdirini hal eta oladi. Umid qilaman, u yakshanba kuni Ispaniyaga qarshi uchrashuvgacha tayyor bo‘ladi", - dedi murabbiy.
Fikrlar