
Germaniya kubogi. "Ayntraxt" sensatsion tarzda "Bavariya"ni engdi va kubokni qo‘lga kiritdi
Kecha Germaniya kubogi final uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Berlindagi “Olimpiyashtadion”da “Bavariya” va “Ayntraxt” klublari o‘zaro kuch sinashishdi.
Gollarga boy kechgan o‘yin kutilmaganda myunxenliklarning 1:3 hisobdagi mag‘lubiyati bilan tugadi va frankfurtliklar kubokni o‘zlari bilan birga olib ketishdi.
“Bavariya” – “Ayntraxt” F 1:3 (0:1, 1:2)
19 may «Olimpiyashtadion»
Gollar: 0:1 – 11 Rebich, 1:1 – 53 Levandovski, 1:2 – 82 Rebich, 1:3 – 90 Gachinovich.
“Bavariya” – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Martines, Alkantara (Tolisso, 64), Kimmix, Xames, Riberi (Vagner, 87), Myuller (Koman, 70), Levandovski.
“Ayntraxt” F – Gradetski, Abraam, Villems, da Koshta, Salsedo, Maskarel, de Guzman (Russ, 74), Volf (Gachinovich, 60), Boateng, Rebich (Aller, 89), Xasebe.
Ogohlantirishlar: Salsedo (7), Levandovski (37), Xasebe (45), Villems (45), Rebich (84), Koman (86).
Fikrlar