Germaniya kubogi. Har ikkala "Borussiya" ham keyingi bosqichga yo‘l oldi
Kecha Germaniya kubogining 1-raundiga start berildi. Shu kuni ikkita “Borussiya” o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi.
“Borussiya” Dortmund shu kuni safarda “Yurdingen” klubini 2:0 hisobida engan bo‘lsa, “Zandxauzen” mehmoni bo‘lgan “Borussiya” Myunxengladbax yagona gol evaziga raqibidan ustun keldi.
"Yurdingen" – "Borussiya" Dortmund - 0:2 (0:0)
Gollar: Roys, 49 - 0:1, Pako Alkaser, 70 - 0:2
"Borussiya" D: Xitts, Akandji, Xummels, Pishchek, Shults, Sancho (Xakimi, 76), Vaygl, Azar (Bruun Larsen, 88), Vittsel, Roys (Gettse, 79), Pako Alkaser
***
"Zandxauzen" – "Borussiya" M - 0:1 (0:1)
Gol: Tyuram, 19 - 0:1
"Borussiya" M: Zommer, Ginter, Elvedi, Layner, Vendt, Xofmann (Embolo, 46), Shtrobl, Noyxaus, Zakariya (Benesh, 90), Plea, Tyuram (Djonson, 63).

Fikrlar