Germaniya qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va Ispaniya ustidan g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)

  • 04.09.2020 08:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha UEFA Millatlar ligasi “A” divizion 1-turida Germaniya terma jamoasi o‘z maydonida Ispaniyani qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Dastlab, 51-daqiqada Timo Verner o‘z goli bilan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Xose Gayya raqib darvozasini ishg‘ol qilib Ispaniyani muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!