
Germaniya terma jamoasi a’zosi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Leverkuzenning "Bayer" klubi va Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Albert Vayssning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchiga "Zenit" jiddiy qiziqib qolgan. Piterliklar bu borada "Arsenal" bilan raqobatlashishga tayyor.
Aytish lozimki, "kanonirlar" Ta uchun nemis klubiga 20 million evro to‘lashga tayyor.
Jonatan o‘tgan mavsum "Bayer" safida jami 35 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Dorishunoslar" esa mavsumni 6-o‘rinda yakunlashdi.
Fikrlar