Germaniyada katta musobaqa start olmoqda. O‘tgan yilgi turnir qanday o‘tgan edi?
Bundan roppa-rosa 1 yil oldin Germaniyada dunyoning nufuzli shaxmat turnirlaridan biri "Freestyle Chess Grand Slam 2025" bo‘lib o‘tgan edi. Musobaqa 7 fevraldan 14 fevral oralig‘ida, "Chess 960 (Fisher Random)" qoidalari asosida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Gukesh Dommaraju kabi dunyoning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi qatnashgandi.
Turnir so‘nggida germaniyalik yosh grossmeyster Vinsent Keymer finalda kuchli o‘yin ko‘rsatib tajribali shaxmat ustasi Fabiano Karuanani mag‘lub etadi va 25 ochko evaziga chempion bo‘lgan edi.
Mukofot jamg‘armasi jami 750 mimng AQSh dollarini tashkil etgan va pul ishtirokchilarni egallagan o‘rniga qarab taqsimlangan edi, g‘olib 200 mimng AQSh dollarini qo‘lga kiritgandi.
Turnirda o‘zbekistondlik grossmeysterlarnig ishtiroki haqida gapiradigan bo‘lsak, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov ushbu turnirning ham kashfiyoti bo‘lgan edi. Javohir guruh bosqichida Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozonadi ammo yakunda, u 3-o‘rin uchun bahsda Magnusga yutqazib, 4-o‘rinni egalladi va 60 000 dollar ishlab oldi. Magnus 15 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni , Sindarov esa 12 ochko bilan 4-o‘rinni egallaydi. Nodirbek Abdusattorov esa 5-o‘rin uchun bahsda Hikaru Nakamuraga imkoniyatni boy berib, turnirni 6-o‘rinda yakunladi va 40 000 dollar mukofot oldi.
Shuningdek, 2026 yil yanvar oyida e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, 13–15 fevral kunlari ham Vaysenhausda "FIDE Freestyle Chess World Championship" musobaqasi rejalashtirilgan bo‘lib, unda o‘zbekistondlik Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etadi.
O‘tgan yilgi yakuniy turnir jadvali va pul mukofotlari:
1.Vinsent Keymer - 25 ochko - 200 000 $
2.Fabiano Karuana - 18 ochko - 140 000 $
3.Magnus Karlsen - 15 ochko - 100 000 $
4.Javohir Sindarov - 12 ochko - 60 000 $
5.Hikaru Nakamura - 10 ochko - 50 0000 $
6.Nodirbek Abdusattorov - 8 ochko - 40 000 $
7.Alireza Firoozja - 6 ochko - 30 000 $
8.Dommaraju Gukesh - 4 ochko - 20 000 $
9.Levon Aronian - 2 ochko - 12 500 $
10.Vladimir Fedoseev - 1 ochko - 7 500 $
Hojiakbar Norbo‘tayev
Fikrlar