
Germaniyaliklarning aksariyati Flik iste’foga chiqishini xohlaydi, ammo...
Germaniyalik muxlislar Qatardagi jahon chempionatida terma jamoani guruhdan olib chiqa olmagan Xans-Diter Flikning ishidan unchalik ham mamnun emas.
Muvaffaqiyatsizlikka qaramay, mutaxassis o‘z lavozimini saqlab qolish ehtimoli yuqori, bu haqda avvalroq nemis OAVlari xabar qilgandi. Biroq, nufuzli Kicker nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, nemislarning aksariyati (365 000 respondentdan) Flikning ketishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Aniqrog‘i, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 55 foizi uning iste’fosini xohlaydi.
Flikga qarshi asosiy argumentlar sifatida uning JChdagi samarasiz murabbiylik qarorlari, jumladan, tarkib tanlashdagi qo‘pol xatolari tilga olinmoqda. Biroq ayni damda 2024 yil Germaniya o‘zi mezbonlik qiladigan Evropa chempionati oldidan uning o‘rnini egallashga munosib nomzod topish ham qiyinligi aytilmoqda.
Fikrlar