
Germaniyaning keyingi murabbiyi kim bo‘ladi?
Germaniya ketma-ket ikkinchi marta mundialning gurux bosqichida qolib ketdi. Ular 2014 yilda jahon chempioni bo‘lgan edi.
Turnirdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng bosh murabbiy Flikning kelajagi so‘roq ostida turibdi. Bu haqda insayder Nikola Skira xabar bermoqda.
57 yoshli mutaxassis 2021 yildan beri Germaniyaning bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Nemislar uning o‘rniga Tomas Tuxelni olib kelishi mumkin. U oxirgi marta "Chelsi"ni boshqargan va sentyabr oyidan beri ishsiz hisoblanadi.
Fikrlar