Gexi "Enfild"dagi hushtakbozlikka hayron qoldi

  • 09.02.2026 23:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" himoyachisi Mark Gexi "Liverpul" muxlislarining hushtakbozligiga munosabat bildirdi.

APLning 25-turi doirasida "shaharliklar" mehmonda "qizillar"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. "Enfild" stadionidagi uy muxlislari Gexi to‘pga egalik qilgan paytda uni hushtak bilan qarshi oldi.

O‘tgan yozda "Liverpul" 25 yoshli futbolchi uchun "Kristal Pelas"ga 35 million funtdan ortiq taklif bergan, ammo transfer amalga oshmagan. Qishda esa shartnomasi 30 iyungacha mo‘ljallangan ingliz futbolchisi "Siti"ga 20 million funt va bonuslar evaziga ko‘chib o‘tdi.

"Rostini aytsam, nima sababdan ekanini bilmayman (kuladi). Ammo ularning muxlislari men haqida nima o‘ylashini nazorat qila olmayman. Faqat o‘z muxlislarimizga minnatdorman, ular butun o‘yin davomida meni qo‘llab-quvvatlashdi.

Bu oson emas. Muxlislar doim bosim o‘tkazadi. Sen yuqori bosimni yaxshi ko‘radigan jamoaga qarshi o‘ynaysan, lekin bari keyingi harakatga bog‘liq. Xato qilishing mumkin, ammo muhim jihat — keyin nima qilasan. Doimo navbatdagi harakatga va jamoadoshlaringga qanday yordam berishingga e’tibor qaratishing kerak", — dedi Gexi o‘yindan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!