Giyohvand moddalar karteli bilan aloqada ayblangan WBC sobiq chempioni Meksikada hibsdan ozod qilindi!
WBC sobiq chempioni, meksikalik 39 yoshli Xulio Sezar Chaves AQShdan ekstraditsiya qilinganidan so‘ng, Meksikada qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Chaves sud qarori bilan ozod etilgan. Sudya unga sud jarayonini kutish paytida qamoqda qolish shart emasligini, biroq mamlakatdan chiqib ketish taqiqlanishini aytgan.
Sudya, shuningdek, ish bo‘yicha keyingi tergov uchun uch oylik muddat belgiladi.
Avvalroq, Meksika prokuraturasi Chavesning narko-kartel “Sinaloa” a’zosi, mashhur qotil sifatida tanilgan Nestor Isidro Peres Salas (“El Nini”)ning topshiriqlarini bajargan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar