GLORY yulduzi 12 yil himoya qilgan kamaridan voz kechdi
Niderlandiyalik kickboksyor Riko Verxuven GLORY tashkilotida 12 yildan ortiq vaqt davomida himoya qilib kelgan og‘ir vazn chempionlik kamaridan ixtiyoriy ravishda voz kechganini e’lon qildi.
"12 yildan ortiq vaqt, 15 chempionlik janglari va son-sanoqsiz unutilmas kechalardan so‘ng men GLORY chempioni unvonini bo‘shatishga qaror qildim. 2012 yilda GLORY ga qo‘shilgandan beri men sportga va bu tashkilotga borimni berdim. Birga arenalarni to‘ldirdik, rekordlarni yangiladik, muxlislar uchun tarixga kiradigan janglar va lahzalar yaratdik. Per Andurannga alohida rahmat — uning yillar davomida kiritgan ulkan investitsiyalarisiz bu muvaffaqiyatlarning yarmi ham amalga oshmagan bo‘lardi. Ushbu ajoyib safarning bir qismi bo‘lgan barcha muxlislarga — xotiralar, energiya va hurmat uchun tashakkur. Bu xayrlashuv emas, yana ko‘rishguncha!" - dedi sportchi.
Ma’lumot uchun, Verxuven 12 yildan ortiq vaqt davomida kamarning 15 ta muvaffaqiyatli himoyasini o‘tkazib, promoushen rekordini yangilagan.
Fikrlar