Glover Teysheyra: "Aleks Pereyra va Magomed Ankalaev o‘rtasidagi revanshning 1-raundi dahshat kechadi"

  • 19.09.2025 20:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Braziliyalik UFC jangchisi Aleks Pereyraning murabbiylaridan biri Glover Teysheyra rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi revanshi haqida fikr bildirdi.

"Birinchi raund juda shafqatsiz bo‘ladi. Gap Aleksning jahli chiqqanida emas, u yana agressiv kayfiyatda oktagonga kiradi. Bu safar jang ancha dinamik o‘tishi aniq. Pereyra doim oldinga intiladi, chunki bunga tayyor. U juda ishonchli ko‘rinmoqda, diqqatini jamlagan va hammasi a’lo darajada ketmoqda. Qolgan uch haftada faqat texnikani sayqallab, taymingni to‘g‘rilashimiz kerak, xolos. Chunki u allaqachon besh raundga to‘liq tayyor", — deya Teysheyradan iqtibos keltirdi "vRinge".

Eslatib o‘tamiz, revansh 5 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!