"Goal" talqiniga ko‘ra, APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchilari reytingi e’lon qilindi
Nufuzli "Goal" portali Angliya Premer-ligasining joriy mavsumidagi eng yaxshi futbolchilar reytingiga oid o‘z talqinini taqdim etdi.
Reytingning birinchi pog‘onasini "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland egalladi. Norvegiyalik futbolchi 17 ta uchrashuvda 19 ta gol urib, to‘purarlar poygasida etakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o‘rindan "Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays joy olgan bo‘lsa, uchlikni "Manchester Yunayted" jamoasi sardori Brunu Fernandesh yakunlab berdi.
Top-10 ro‘yxatida, shuningdek, Antuan Semeno, Granit Djaka, Gabriel Magalyans, Moyses Kaysedo, Morgan Rodjers, Fil Foden va Ugo Eketike ham o‘rin olgan.
17-turdan so‘ng "Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi "Manchester Siti" londonliklardan ikki ochko orqada qolmoqda.
Fikrlar