"Goal" talqiniga ko‘ra, Deklan Rays APLning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi
"Arsenal" futbolchisi Deklan Rays "Goal" portali versiyasiga ko‘ra Angliya Premer ligasidagi eng yaxshi yarim himoyachi sifatida tan olindi.
Sport nashri hozirgi vaqtda APLning eng zo‘r 10 yarimhimoyatchisi reytingini tuzdi. 26 yoshli angliyalik futbolchi ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.
Top-10 quyidagicha shakllandi:
Deklan Rays ("Arsenal");
Moyses Kaysedo ("Chelsi");
Rodri ("Manchester Siti');
Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted");
Martin Edegor ("Arsenal");
Bruno Gimaraes ("Nyukasl");
Granit Jaka ("Sanderlend");
Dominik Soboslai ("Liverpul");
Entso Fernandes ("Chelsi");
Martin Subimendi ("Arsenal").

Fikrlar